• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Rasman tasdiqlangan adolatsizlik yoki fan olimpiadalari qanday o‘tkazilmoqda?

    Umumta’lim fanlari olimpiadasining barcha bosqichlarida amal qiluvchi qat’iy tartib bor: gap  ishtirokchining yozma va amaliy ishlari, test sinovidagi natijalari hakamlar hay’ati va tashkiliy qo‘mita a’zolaridan boshqa hech kimga ko‘rsatilmasligi haqida ketmoqda. O‘zA “Repetitor” gazetasi loyiha rahbari Muhammad Valining shu haqdagi mulohazalarini e’lon qildi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Bu – 2009-yil 2-iyundagi 1962-sonli qarorning 15-bandi mazmuni. Mazmuni deyishimizning sababi shuki, mazkur qoidani turlicha ifodada uchratdik.

    Yuzaki qaraganda, risoladagidek xulosa. Chunki aksariyat o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘zlarini haq sanashadi va natijalar e’lon qilingach, bahs-munozara boshlanadi. Shunday vaziyatda rasmiy belgilangan tartib hakamlar hay’ati va tashkiliy qo‘mitani turli talablardan himoya qiladi. Mana shu rasmiy me’yoriy hujjatda natija va bahodan qoniqmagan o‘quvchiga apellyatsiya komissiyasi huzurida o‘z ishini himoya qilish huquqi belgilangan.

    “Bilimdon o‘quvchiga bundan ortiq yana qanday adolat kerak?!”

    Fan olimpiadasining tuman bosqichi yakunlangandan so‘ng bu istehzoli jumlani mutasaddilar ko‘p bor ishlatishadi. Ular o‘qituvchi va o‘quvchilarni sodda, hatto go‘l, deb o‘ylashadi, chog‘i. Koshki edi bahslashish befoydaligini anglagan o‘qituvchi va o‘quvchi dardi ichida ortga qaytganini o‘sha vallomatlar bilishsa… Yo‘q, bilishadi va so‘zlarining ta’sir kuchidan faxrlanib, “g‘olib”larni olqishlash uchun yo‘l olishadi miyiqlarida ayyorona kulimsirab.

    Bundaylarning qancha-qanchasi ko‘z oldimizda adolatsizlikni sharafladilar. Necha yillar ularning ko‘zlariga jim boqib, alamimizni ichimizga yutdik.

    Nihoyat, biz yashab turgan jamiyatda ham yangilanish va o‘zgarishlar shamoli esmoqda. Shu ma’noda fan olimpiadasini o‘tkazish tartibidagi eskirgan qoidalarni isloh qilish dolzarb zaruriyatga aylandi. Aks holda, izlanuvchan o‘qituvchi va bilimdon o‘quvchi qalbidagi bezovtalik davom etaveradi.

    2018-yil 12-yanvar kuni Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidan ism-familiyasini oshkor etishimizni istamagan o‘qituvchi “Repetitor” gazetasi tahririyatiga keldi va bir tuman fan olimpiadasida yo‘l qo‘yilgan adolatsizliklar to‘g‘risida ko‘zida yosh bilan so‘zlab berdi.

    Najot izlayotgan muallimadan, eng avvalo, ism-familiyasini yashirish sababini so‘radik. Ma’lum bo‘lishicha, bu o‘sha o‘qituvchi ishlayotgan maktab direktorining iltimosi ekan. Agar muallima fan olimpiadasidagi nohaqlik borasida biror joyga shikoyat qilsa, u faoliyat yuritayotgan maktab turli tekshirishlar girdobida qolarkan. Bu kabi tahdidlarni eshitgach, o‘zgarishlar davrida yashayotganingga ishonib-ishonmay ham qolasan kishi.

    Muallimaning so‘zlariga qaraganda, 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ona tili va adabiyot fani bo‘yicha o‘tkazilgan fan olimpiadasida 1-o‘rinni egallagan o‘quvchi 79 ball, uning o‘quvchisi esa 75 ball to‘plagan. Hakamlar hay’ati natijalarni hisoblashda va test javoblarini tekshirishda adashgan. Eng asosiysi, yo‘l qo‘yilgan kamchilikni hakamlar hay’ati tan olgan va adolatsizlikni “yopdi-yopdi” qilish payiga tushgan. Tazyiqlardan cho‘chigan muallima mutasaddilarga “xo‘p” deganu, lekin tahririyatga kelib dilidagilarning barchasini to‘kib soldi. Biz uning holatini to‘g‘ri tushundik va ism-sharifini oshkor etmadik. U esa to‘lib-toshib o‘z noroziligini ifodaladi:

    – Men 1-o‘rinni egallagan o‘quvchining yozma ishi bilan bir amallab tanishdim. Yozma ish umuman tekshirilmagan va u xatoga to‘la. Unga tekshirilmasdan turib yuqori ball qo‘yilgan. Fan olimpiadasini o‘tkazish tartibidagi yozma ishlarni boshqalarga ko‘rsatmaslik borasida belgilangan qoidadan ayrim noinsoflar unumli foydalanishmoqda. Aslida g‘oliblarning yozma ishlari adolat va namuna nuqtai nazaridan barchaga namoyish qilinishi kerak emasmi? G‘oliblarning yozma ishlari va test natijalari nima maqsadda yashiriladi o‘zi?!

    Sinovda shaffoflikni ta’minlash maqsadida Davlat Test markazida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Nima sababdan bunday shaffoflik fan olimpiadasida joriy etilmasligi kerak?! O‘sha 15-band esa shaffoflikka mutlaqo zid. Hakamlar hay’atining adolati qanday kafolatlanadi?

    Qolaversa, o‘quvchisi fan olimpiadasida ishtirok etayotgan muallim hakamlar hay’ati a’zosi sifatida faoliyat yuritishi mumkinmi? Boz ustiga, o‘sha hakamlarning o‘quvchilari g‘oliblar safida bo‘lsa, bundan kim shubhalanmaydi? O‘sha o‘quvchilar chetdan kelishmagan-ku?! Ularning saviyasi bizga ma’lum-ku?! Og‘riqlisi, adolatsizlikdan iztirob chekayotgan o‘quvchilar ham “g‘olib” tengdoshlarini juda yaxshi tanishadi. Ularning zada bo‘layotgan umidlarini kim qutqaradi?

    Bu bir izlanuvchan muallimaning mutasaddilarga savollari. Xalq ta’limi tizimida shu savollarga ochiq-oydin javob qaytaradigan jo‘mard rahbar bormi? Agar adolatni tiklashga va’da berishsa, o‘sha muallima o‘zini oshkor etishga va barcha nohaqliklarni dalil asosida isbotlashga tayyor.

    Umumta’lim fanlari olimpiadasi viloyat bosqichi boshlangunga qadar dastlab tilga olingan o‘sha g‘alati va adolatsizlikni himoya qiluvchi qoida o‘zgarishidan umidvormiz.

    16.01.2018, 08:30   Izoh (0)   15705
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘ona IIB qoshida kutubxona ochildi

    15.01.2018, 23:20

    Shayxontohurda yonida marixuana olib yurgan shaxs qo‘lga olindi

    15.01.2018, 22:54

    Chilonzorda firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

    15.01.2018, 22:21

    Qor o‘ynayotgan Islom Karimov, futboldan chetlatilgan Samvel Babayan, 244,5 mln so‘mlik Malibu va kunning boshqa muhim xabarlari

    15.01.2018, 20:11

    Aziz Abduhakimov: Malayziya va indoneziyaliklar Hajdan oldin O‘zbekistonga kelishi uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareys tashkil etiladi

    15.01.2018, 19:56

    AQSh Markaziy Osiyoda “C5+1” formatida uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda

    15.01.2018, 18:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 5 yoshli bolani mashina urib ketgani to‘g‘risidagi xabarlar yuzasidan ma’lumot berildi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 18:25

    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi

    Reklama | 12 avgust, 18:00

    Kuniga 20 soat ish: shimoliy koreyaliklar Rossiyada qul sifatida ishlatilmoqda — BBC

    Dunyo | 12 avgust, 18:12

    O‘zbekistonda avtomobil sotuvi rekord darajada ko‘paydi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 17:55

    O‘zbekiston—Hindiston savdo aylanmasi hajmi yetti oyda 60 foizga oshdi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 17:51

    O‘zbekiston boks terma jamoasi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida medallar jamg‘arish bo‘yicha tengsiz bo‘ldi

    Sport | 12 avgust, 17:50

    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

    Reklama | 12 avgust, 16:30

    Jeff Bezos kriptovalyuta evaziga sayyohlarni kosmosga uchiradi

    Dunyo | 12 avgust, 17:45

    Kanadada 75 yoshli ayol ko‘ziga tish o‘rnatish orqali ko‘rish qobiliyati tiklandi

    Dunyo | 12 avgust, 17:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.