Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Shayxontohur tumani hududida 1977-yilda tug‘ilgan Rustam Hojioxunov to‘xtatilib tekshirilganda, uning yonidan og‘irligi 1,82 gramm bo‘lgan marixuana topildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Holat yuzasidan JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)