Saudiya Arabistonida 35 yillik taqiqdan so‘ng birinchi marta kinoteatrlarda kinoseanslar bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Daily Afisha.
Tomoshabinlarga “Emoji film” namoyish etilgan seans Jidda shahridagi tayyorgarliksiz tashkil qilingan kinoteatrda bo‘lib o‘tdi. Saudiya Arabistonida kartinalarni namoyish qilish uchun zarur infratuzilma bo‘lmagani sababli, dastlabki paytlarda kinoteatrlar o‘rniga proyektorlar va popkorn uchun mashinalar bilan jihozlangan boshqa joylardan foydalaniladi.
Doimiy kinoteatrlar mamlakatda martdayoq paydo bo‘lishi mumkin. Saudiya Arabistoni hukumati 2030-yilgacha 2000 ta ekranli 300 ta kinoteatr ochib, 30 mingta ish o‘rnini yaratishni rejalashtirmoqda.
Kinoteatrlarga qo‘yilgan taqiqni olib tashlash — shahzoda Muhammad ibn Salmonning tashabbusi bo‘lib, u o‘z islohotlari yordamida mamlakat iqtisodiyotining neft narxlariga bog‘liqligini kamaytirishga umid qilmoqda.
Izoh (0)