Argentinaning ikki oy avval Atlantika okeanida g‘oyib bo‘lgan “San-Xuan” suv osti kemasini qidirish kema topilgunicha davom etadi. Bu haqda mamlakat harbiy-dengiz kuchlari vakili Enrike Balbi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Qidiruv ishlari yakunlanadigan hech qanday sana belgilanmagan”, — dedi Balbi matbuot anjumani chog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, Ushuayya harbiy-dengiz bazasidan Mar-del-Plataga yo‘l olgan “San-Xuan” suv osti kemasi o‘tgan yil 15-noyabridan boshlab aloqa chiqmay qo‘ygandi.
Izoh (0)