Gruziya milliy gvardiyasi sobiq qo‘mondoni, sobiq parlament deputati, iste’fodagi brigada generali Samson Kutateladze Rustavi shahrida otib ketildi. Bu haqda “Gruziya onlayn” xabar bermoqda.
Kutateladze iste’foga chiqqanidan so‘ng tadbirkorlik bilan shug‘ullangan va shahardagi “Istanbul bozori” egalaridan biri edi. Bozor qo‘riqchilari uning jasadini ish kabinetidan topdi.
Qotillikka nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum emas. Bozor xodimlari Kutateladzening hech kim bilan mojarosi bo‘lmaganini bildirmoqda.
Gruziya IIV “Qasddan qotillik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘adi.
Izoh (0)