Turkiya AQSh Suriya shimolida tuzayotgan “chegara xavfsizlik kuchlari”ni yo‘q qilish niyatida. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Amerika chegaralarimiz yaqinida Turkiya xavfsizligiga tahdid soladigan terrorchi armiyani tuzmoqda. Vazifamiz — bu armiyani tug‘ilmasidan oldin bo‘g‘ib o‘ldirish. Agar AQSh bu yovvoyilar bilan hamkorlik qilmoqchi bo‘lsa, bu ularning shaxsiy ishi. Biroq biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz”, — dedi Erdo‘g‘on.
Turkiya yetakchisiga ko‘ra, harbiylar Afrinda Suriya kurdlari marralarini o‘qqa tutishda davom etmoqda. Qurolli kuchlar operatsiyasi esa istalgan daqiqada boshlanishi mumkin.
Izoh (0)