FamousGrey reklama agentligi Craftworkz texnologik startapi bilan Volvo S90 avtomobiliga sun‘iy intellekt o‘rnatdi va qayta jihozladi. Mashina “HR90” nomi ostida mexanik lavozimiga nomzodlarni suhbatdan o‘tkazadi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Reklama voqealari Belgiyaning Gent shahridagi zavodda bo‘lib o‘tgan. Avtomobil nomzodlardan birini tasvirni tanish, anketada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni taqqoslash, yuz ifodasi va nomzod tomonidan ishlatilgan so‘zlar tahlili, motivatsiya va ijtimoiy qobiliyatlarini aniqlash yo‘li bilan tekshirib ko‘rgan. Bundan tashqari, “HR90” nomzodga tabassum qilishni taklif qilgan, shuningdek, mashina uning uchun tushkunlik vaziyatlari bilan kurashish maqsadida Shopenning asarini qo‘yib bergan.
Kompaniya yangi xodimlarni izlashda davom etmoqda va ishga oluvchi avtomobil bilan suhbat uchun saytda ariza qoldirishni so‘ramoqda. Biroq nomzodning ishga yaroqli yoki yo‘qligi yuzasidan qaror qilish hali ham Volvo’ning kadrlar masalasi bo‘yicha menejerlarining vazifasi hisoblanadi.
Izoh (0)