Farg‘onaga tashrif buyurgan O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov nafaqat viloyat futboli rahbarlari bilan, balki OAV vakillari bilan ham uchrashdi.
O‘FF prezidenti: O‘z manfaatini xalqnikidan ustun qo‘yadiganlar oramizda tiqilib yurmasin!
Uchrashuv davomida Ahmadjonov futbolni rivojlantirish masalasida jurnalistlardan ham o‘z yordamlarini ayamaslikni so‘radi. Mamlakat futbolidagi ayrim illatlarga qarshi kurashda O‘FF OAV yordamiga muhtoj ekani aytildi.Endi murabbiylarning o‘zboshimchaligi, futbolchilar yoshini kichiklashtirish, kelishilgan o‘yinlar kabi illatlar bo‘lmasligi kerak. Bular bilan biz faqatgina o‘z oyog‘imizga bolta urishdan boshqa hech narsaga erishmaymiz.Ko‘ryapmiz, futbolchilarni chetga sotishda ham o‘z manfaatidan voz kecha olmay, mamlakat futboliga qancha zarar keltirgan insonlarni. Ular faqat o‘zini o‘ylagan, nafsini xalqnikidan, manfaatini futbolnikidan ustun qo‘ygan. Ularning faoliyati o‘rganib chiqiladi va prokraturaga taqdim etiladi.
Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti
Shundan so‘ng O‘FF vakillari Farg‘onadagi futbolga ixtisoslashgan maktab-internetlardagi ayrim kamchiliklar haqida to‘xtalgan. Unda aytilishicha, bolalar sonining me’yoridan ko‘p ekani, ish oldinga siljishi uchun halal berishi mumkin. Ya’ni, bir murabbiy 30—35 nafar bolani nazorat qila olmaydi. Oqibatda esa sifat kamayib ketadi.
Bizga tanish-bilishlarning farzandi, falonchining o‘g‘li yoki jiyani kerak emas. Biz haqiqiy iste’dodlarning qadriga yetishimiz shart. Bunda songa ishlash yaramaydi, sifat doim birinchi o‘rinda bo‘lsin. 30 nafar bolani beiz yugurtirmay, 20 nafar talanti borlari bilan jiddiy ishlash kerak.O‘FF rahbari maktab-internatlarga, akademiyalarga qabul jarayonidagi shaffoflikni ta’minlashda OAV vakillaridan yordam so‘ragan.Kollej maydoni hashar yo‘li bilan qurilgan ekan, sport zali talab darajasida emas. Biz viloyati hokimi bilan gaplashdik, ular hamma sharoitni to‘g‘rilab berishga va’da berdilar. Shunday ekan, sifat haqida o‘ylashimiz lozim.
Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti
Iloji bo‘lsa, qabul vaqtida hammangiz keling. Men o‘zim ham kelaman, har bir qabul jarayonida O‘FF vakillari bo‘ladi. Kim kelyapti, qanday qabul qilishyapti, nimalarni o‘zlashtirishyapti — hamma ko‘rishi kerak. Mana shunday e’tibordan keyin ham ko‘raylikchi, kim tanish-bilishini futbolga tiqishtirib, yana kimlar korrupsiyaga qo‘l urarkin.Umid Ahmadjonov federatsiya tomonidan chiqarilgan qaror noto‘g‘ri bo‘lsa, uni to‘g‘rilashga tayyor ekani haqida aytib o‘tdi.Endi bu kabi masalalarni faqatgina bitta viloyat yoki shaharning o‘zi hal qilmaydi. Farg‘onadagi qabulga Jizzaxdan keladi, Jizzaxning o‘ziga Namangandan boradi. Xolislik bo‘lsin.
Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti
Jurnalist biz ko‘rmayotgan yoki sezmayotgan jihatlarni ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin. Bu albatta yaxshi. Marhamat, takliflarini bering, bizga ham chetdagilarning fikri qiziq. Tanqidlar o‘rinli bo‘lsa, ular ham o‘rganib chiqiladi.Ammo hamma narsaga faqat tironoq ostidan qarab, muxlislarni yanada bezillatib qo‘yish to‘g‘ri bo‘lmasa kerak. Agar biz chiqarayotgan qaror noto‘g‘ri bo‘lsa, muxlislarni qaytarish uchun, futbolni rivojlantirish uchun undan voz kechishga ham tayyormiz. Bir yoqadan bosh chiqarib ishlasak bo‘lgani.
Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti
Izoh (0)