Turkiyaning Yevroittifoq ishlari bo‘yicha vaziri Omer Chelik turk tomonining Yevropa Ittifoqi bilan imtiyozli hamkorlikka qarshi chiqishini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Turkiyani noqonuniy migratsiya masalalarini bartaraf etish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish kerak bo‘lgan qochoqlar lageri yoki terrorizm bilan kurashish bo‘yicha murojaatlar uchun harbiy shtab sifatida qabul qilish mumkin emas. Turkiyani davlat sifatida qabul qilish kerak!”, — deydi Chelik.
U Turkiya hukumati imtiyozli hamkorlik maqomini ko‘zda tutuvchi istalgan tashabbusni rad etishini qayd etdi.
Izoh (0)