Chexiyaning amaldagi rahbari Milosh Zeman prezidentlik saylovi birinchi bosqichida yetakchilik qilmoqda. Ovozlarning 90,3 foizi hisoblab bo‘lingan, deya xabar beradi “Kommersant.ru”.
Zeman 39,8 foiz ovoz to‘pladi. Uning asosiy raqibi — Chexiya fanlar akademiyasi sobiq raisi Yirji Dragosh 26,02 foiz ovoz oldi.
Saylovning ikkinchi bosqichi 26—27-yanvarga rejalashtirilgan.
Izoh (0)