O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil boshida Tojikistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Ushbu tashrifga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 10—11-yanvar kunlari Dushanbeda bo‘lib qaytdi. Ushbu tashrif davomida davlat chegaralari, viza va Farhod GES masalasida kelishuvlarga erishilgani aytildi.
Jamoatchilik ushbu yangiliklarni muhokama qilayotgan bir vaqtda Tojikistonning “Aziya-Plyus” agentligi “O‘zbekiston va Tojikiston davlat rahbarlarining uchrashuvidan nima kutmoqdasiz?”, degan savol bilan dushanbeliklarga murojaat qildi. Qayd etish joiz, respondentlarning deyarli bari ikki mamlakat o‘rtasidagi viza tartibining bekor qilinishi tarafdori ekanini aytgan.
Izoh (0)