Toshkent viloyatining bir qator tuman va shaharlaridagi hududiy moliya va soliq organlari rahbarlarining ishdan olinishi natijasida bo‘shab qolgan o‘rinlarga zaxiradagi va Yoshlar Ittifoqi tavsiya etgan kadrlar tayinlangan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zA xabarida ta’kidlanishicha, Yoshlar Ittifoqining Toshkent viloyati Kengashi tomonidan tavsiya qilingan kadrlar “yosh, vatanparvar va davlatimiz ravnaqiga hissa qo‘shishga shijoat bilan yondashadigan mutaxassislardir”.
Xabar berishlaricha, Yoshlar Ittifoqining hududdagi faol a’zolari bilan suhbat o‘tkazilib, ular orasidan 28 yoshli Sh.Ro‘zmatov O‘rta Chirchiq tuman moliya bo‘limi mudirligiga, 30 yoshli Z.Umarov esa Oqqo‘rg‘on tuman moliya bo‘limi mudirligiga tayinlangan.
Izoh (0)