Toshkent shahridagi “Farhod” bozorining avtomobillar ehtiyot qismlari sotishga ixtisoslashgan qismida 13-yanvar, shanba kuni yong‘in sodir bo‘ldi.
UzNews’ning xabar berishicha, yong‘in avtomobil shinalari sotiladigan do‘konda kelib chiqqan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar olovni 12:38 da o‘chirgan.
Yong‘in 5 kvadrat metr maydonni qamrab olgan. Yong‘in oqibatida avtomashinalarning eski shinalari butkul yaroqsiz holga kelgan.
Voqea natijasida jarohatlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)