AQSh davlat departamenti Ozarbayjonni hibsga olingan jurnalist Afgan Muxtarlini ozod qilishga chaqirdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Muxtarli kontrabanda va davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish ayblovi bilan olti yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
“AQSh ozarbayjonlik jurnalist Afgan Muxtarliga chiqarilgan hukmdan xavotirda. Biz Ozarbayjon rahbaridatidan uni ozod etishni qat’iy talab qilamiz”, — deydi departament vakili Xizer Nauert.
Nauertning qo‘shimcha qilishicha, Vashington hukmga siyosiy masalalar sabab bo‘lgan deya hisoblaydi.
Muxtarli 2014-yildan buyon Gruziyada yashab kelgan va daromadlarini yashirishda ayblangani sabab Ozarbayjon ta’qibidan yashirinib yurgan. O‘tgan yilning 29-may sanasida u ozar-gruzin chegarasida qo‘lga olingan va huquq-tartibot xodimlari tomonidan Bokuga olib kelingan. Jurnalist yaqinlarining aytishicha, Muxtarli chegarani o‘zi kesib o‘tmagan, balki maxsus xizmat vakillari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.
Izoh (0)