Buyuk Britaniyadagi yirik supermarketlar tarmog‘i Waitrose xaridorlarning shikoyatlaridan so‘ng Saquella nomli italyan kofesi savdosidan voz kechdi. Xaridorlar qadoqdagi tasvirni irqchilik sifatida baholagan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Londondagi supermarket xaridorlaridan biri kofe qadog‘ida kofe plantatsiyalarida ishlayotgan qora tanli qullar va ularni nazorat qilib turgan quldor tasvirini payqab qolgan. Hayratga tushgan xaridor bu haqda supermarket rahbariyatiga va shahar kengashi a’zolariga xabar bergan. Shundan so‘ng kofe savdodan olib tashlangan.
Kofening ishlab chiqaruvchisi tasvir haqorat emasligini va kofe ishlab chiqarish tarixini eks ettirishini bildirgan. Savdo tarmog‘i egalari esa kompaniya qadoqning yangi dizaynini taqdim etmaguncha mahsulotni savdodan olishga qaror qilgan.
Izoh (0)