Berklidagi Lourens nomidagi milliy laboratoriya olimlari asteroidlar kamaridagi meteoritlarda murakkab organik birikmalar va suv borligini aniqladi. Sayyorashunoslar maqolasi Science Advances jurnalida chop etilgan. U haqda qisqacha Phys.org sayti hikoya qiladi.
Tadqiqotchilar fikricha, ularning topilmasi Yerga qulaydigan kosmik jismlar sayyorada hayotning paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynagan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Tadqiqotchilar meteoritlar ichidagi tosh tuzning juda kichik kristallari kimyoviy tarkibini o‘rgandi. Bu kristallar turli ranglarga ega. Kosmik jismlar yoshi 4,5 milliard yilga teng.
Minerallarning rentgen suratlari kristallarda tarkibida turli organik molekulalar bo‘lgan tuz bilan to‘yingan suv eritmasi aralashmalari borligini ko‘rsatdi. Olimlar fikricha, topilma primitiv hayot, masalan, mikroorganizmlar Quyosh tizimining boshqa joylarida ham mavjud bo‘lishi mumkinligini namoyish etadi.
Izoh (0)