Anvar Boynazarovning Glory tasnifidagi har ikki jangi 2017-yilning eng yorqin nokauti nominatsiyasiga da’vogar bo‘ldi
K-1 va kikboksing yo‘nalishidagi muvaffaqiyatli janglaridan so‘ng Glory ligasiga qadar yetib kelgan Anvar Boynazarov janglari, Glory Kickboxing 2017 Fighter Awards taqdirlash marosimining yildagi eng yorqin nokaut nominatsiya uchun da’vogar bo‘ldi.
Boynazarov Glory ligasi doirasida hozirgacha 2 ta jang o‘tkazib ulgurdi. Uning birinchisida o‘zbekistonlik jangchi Fransiyalik Fabio Pincha ustidan zafar quchdi. Glory47’dagi bu muvaffaqiyatidan keyin Boynazarov Glory48 doirasida oktagonga chiqib, amerikalik Kevin van Nostranddan yengildi.
Glory taqdirlash marosimi tashkilotchilari 2017-yilning eng yorqin nokauti uchun yana 2 ta nomzodni e’lon qilgan. Riko Verxoyeven hamda Jamol bin Soddiq o‘rtasidagi, shuningdek, Zinedin Xamer va Brayn Kollet o‘rtasidagi janglar da’vogarlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Izoh (0)