K-1 yo‘nalishida janglar o‘tkazib kelayotgan o‘zbekistonlik Anvar Boynazarov Glory48 doirasidagi jangida mag‘lubiyatga uchradi, deb yozdi “Olamsport”.

Foto: Google Images

Jangga Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden arenasi mezbonlik qildi. Amerikalik Kevin Van Nostrandga qarshi oktagonga chiqqan Boynazarov ilk raunddayoq raqibini nokdaun holatiga tushirib qo‘ydi. Biroq shu raundning o‘zidayoq uning o‘zi ham kuchli zarba qabul qilib oldi va jangni davom ettira olmadi.

Oqibatda Anvar Boynazarov chempionlik kamari sohibiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi. Buning uchun o‘zbekistonlik sportchidan navbatdagi harakat talab etiladi.

Boynazarovning navbatdagi jangi qachon va qayerda o‘tishi hozircha ma’lum emas. U Glory doirasidagi janglarini Fransiyaning Lion shahrida boshlab, mezbonlardan Fabio Pinchani taslim qilgandi.

Anvar Boynazarov Glory47’ni g‘alaba bilan boshlab, Fabio Pinchani nokautga uchratdi