O‘zbekistonlik Anvar Boynazarov dunyoga mashhur Glory47 musobaqasini g‘alaba bilan boshlab, Fransiyaning Lion shahrida Fabio Pinchani nokautga uchratdi.

Foto: Facebook

Boynazarov shu vaqtga qadar 114 ta jang o‘tkazib, ularning 90 tasida raqiblarini mag‘lub etgan, 52 tasida ularni nokautga uchratgandi. Bu muvaffaqiyatlar uni Glory sari yetakladi.

Fabio Pincha Glory ligasida nom qozongan sportchi hisoblanadi. U Boynazarovning zarbalariga jang oxirigacha turib berolmadi. O‘zbekistonlik sportchining navbatdagi raqibi kim bo‘lishi yaqin orada ma’lum bo‘ladi.

Aralash janglar san’atida eng yuqori liga UFC hisoblansa, muaytaychilar uchun Glory mana shunday ahamiyat kasb etadi. K-1 yakkakurashlarning bir qator turlari, jumladan, tayboks, kikboks, taekvondo kabilarning umumlashmasidan tashkil topgan sport turidir. Glory esa mavqe jihatidan barcha turnirlarni ortda qoldiradi. Unda gonorar miqdori ham qolgan musobaqalardan ancha katta bo‘ladi.