“Oskar” mukofoti sovrindori Maykl Duglas tegajog‘lik haqidagi ayblovni oldindan rad etdi. U o‘z huqushunosidan sobiq xodimi unga qarshi The Hollywood Reporter yoki Variety tomonidan e’lon qilinadigan maqola orqali qarshi chiqishga tayyorlanayotganidan xabar topdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Duglasning so‘zlariga ko‘ra, hodisa 1980-yillarda yuz bergan. Aktyor tayyorlanayotgan ayblovni yolg‘on va soxta deb atagan.
73 yoshli Duglas ayollarning tegajog‘likka qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlashini qo‘shimcha qilgan. Biroq u sobiq xodim ayblovni e’lon qilsa, bunga nisbatan sudga murojaat qilishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)