Toshkent viloyati shahar-tumanlarida IIB, prokuratura hamda sud idoralari hamkorligida jinoyat sodir etgach, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan fuqarolarning oila a’zolari va yaqinlari ishtirokida muloqot va uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB ma’lum qildi.
Muloqotlarda qidiruvdagi shaxslarning yaqin oila a’zolariga respublikada olib borilayotgan siyosat, huquqni muhofaza qiluvchi organlaridagi islohotlar, davlat rahbari tomonidan qabul qilingan afv farmoni, Senat tomonidan qabul qilingan “Amnistiya to‘g‘risida”gi qaror, jazoni yengillashtiruvchi holatlar, qamoq ehtiyot chorasini o‘zgartirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Qidiruvdagi shaxs agarda O‘zbekiston hududidan tashqarida yashiringan bo‘lsa, hech qanday to‘sqinliklarsiz vataniga qaytishi, ularni sog‘lom hayot kechirishlarini ta’minlash, adashib bu yo‘lga kirib qolgan fuqarolarga qonuniy yengilliklar berish, fuqarolik pasporti yo‘qolgan yoki amal qilish muddati o‘tgan bo‘lsa, konsullik elchixonalaridan vatanga qaytish guvohnomalarini rasmiylashtirib berishda amaliy yordam ko‘rsatilishi, oilaviy, moddiy ahvoli inobatga olinishi, o‘z aybiga chin ko‘ngildan pushaymonligi, yetkazilgan moddiy zararning 70 foizi qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanmasligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Yig‘ilishlarda ishtirok etgan qidiruvdagi shaxslarning oila a’zolari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishib, qonuniy tushuncha olishdi.
Izoh (0)