Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Filippe Koutinyo “Barselona” libosini kiygach, “Championat.asia” nashri unga tegishli bo‘lgan kichik tarixni o‘rtaga tashladi.

“Barselona” missiyani uddaladi. Karikaturalar qahramoniga aylangan Filippe Koutinyo fotogalereyasi

APL muxlislari “Barselona” varianti yo‘q vaqtida ham Filippening nimalarga qodir ekani haqida yaxshi bilardi. Faqatgina La Liga o‘yinlarini tomosha qilganlar esa, Koutinyo haqida ko‘p narsa bilmasliklari mumkin. Quyida, futbolchi haqida ayrim haqiqatlar bayon etilgan.

Filippe Koutinyo “Barselona”ning katta g‘alabasidan 24 kun o‘tib dunyoga kelgandi. 1992-yilning may oyida kataloniyaliklar Angliyadagi mashhur “Uembli” stadioniga keldi va ortga Yevropa Chempionlar Kubogi bilan qaytdi. Bu vaqtda tabiiyki, Koutinyoning ota-onasi bo‘lajak yulduzning dunyoga kelishini sabrsizlik bilan kutayotgandi. Futbolchi 12-iyun sanasida ilk bor hayotni ko‘rdi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

“Barselona” bilan shartnoma imzolab, superyulduzga aylangan Koutinyo katta futbolda 77 ta gol urib ulgurgan. Buning uchun futbolchiga 337 ta o‘yin kerak bo‘ldi. U 32 bor Braziliya termasi safida maydonga tushdi. Qolgan 305 uchrashuv esa klublar chekiga tushdi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Koutinyo jarima maydonchasining tashqarisidan gol urishni qoyil qiladi. Tika-takasi bilan darvoza chizig‘iga juda yaqin kelib qoladigan “Barselona” uchun Filippe bu borada noodatiy figuraga aylansa, ajab emas. Qahramonimiz 2016/17-yilgi mavsum APLda jarima maydonchasi tashqarisidan urilgan gollari soni bo‘yicha hammani ortda qoldirdi. Maydoncha chizig‘ini kesib o‘tmagani holda Koutinyo 6 ta gol nishonlagandi. Shularning 3 tasini u jarima zarbasidan urdi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

“Barselona”da Koutinyo o‘zini yolg‘iz his qilmaydi. Luis Suares “Liverpul”ni tark etguniga qadar braziliyalik bilan 1,5 yil davomida gollarini birga nishonlagandi. Rafinya Alkantara va Paulinyo esa Braziliya termasi urgan gollarni Koutinyo bilan birga nishonlashga odatlanib qolgan.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Koutinyo futbolchi bo‘lishni orzu qilibdiki, asosan 15 mutaxassis qo‘l ostida futbol sir asrorlarini o‘rgandi. Ularning har biridan nimadir olgan yulduz, bugungi darajasiga yetdi. Demak, unga mehnati singgan kishilarni eslab o‘tish ham farz, ham qarzdir.

Foto: APL

Foto: APL
  • Dorival Junior — “Vasko de Gama”
  • Vagner Manchini — “Vasko de Gama”
  • Karlos Roberto Gaucho — “Vasko de Gama”
  • Rafael Benites — “Inter”
  • Mano Menezes — Braziliya termasi
  • Leonardo — “Inter”
  • Jan-Pyero Gasperini “Inter”
  • Klaudio Ranyeri — “Inter”
  • Andrea Stramachchioni — “Inter”
  • Luis Felipe Skolari — Braziliya termasi
  • Maurisio Pochettino — “Espanyol”
  • Brendan Rojers — “Liverpul”
  • Dunga — Braziliya termasi
  • Yurgen Klopp — “Liverpul”
  • Tite — Braziliya termasi.
Koutinyo “Kamp Nou”da maydonga bir martagina tushgandi. O‘shanda u “Espanyol” safida “Barselona”ga qarshi o‘ynagan. 2012-yilning 5-mayida o‘tgan uchrashuvda “Barselona” 4:0 hisobida zafar quchdi. Ayni vaqtda “Tottenhem”da ishlayotgan Pochettino Koutinyoni 65-daqiqaga kelib maydonga chiqardi.

2016-yilning 6-avgust kuni Koutinyo “Barselona”dan alamini olgandi. “Liverpul” safida u kataloniyaliklarga qarshi maydonga chiqdi. Bellashuv “mersisayd” klubining 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. “Uembli”dagi Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasidagi o‘yinda Koutinyo bir taym o‘ynadi. “Barselona” o‘sha vaqtdayoq Filippeni ko‘z ostiga olib qo‘ygan bo‘lsa, ajab emas.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

“Liverpul” muxlislari Koutinyodan norozi bo‘lgani bor gap. Biroq ular bu futbolchini baribir shirin xotiralar bilan eslab qoladi. Axir Koutinyo ketma-ket ikki mavsum — 2015 va 2016-yillarda o‘z klubining eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingandi.

Foto: “Liverpul”

Foto: “Liverpul”

Koutinyo — oilaparvar. U bo‘lajak ayoli Aynani 14 yoshida uchratib qolgandi. Ular hozirga-da birga. Juftlik 2012-yil rasman nikohdan o‘tib, yangi turmush qurgandi. 2015-yilda bu jajji oilada Mariya ismli qizcha dunyoga keldi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi