AQShda maxfiy sun’iy yo‘ldosh halokatga uchradi, deb yozadi “TASS”. U mo‘ljallangan orbitaga yetib bora olmasdan, okeanga quladi.
Qurilmaning qanday maqsadda uchirilgani oshkor etilmagan. Undan Amerika hukumati foydalanmoqchi bo‘lgani ma’lum, xolos.
SpaceX kompaniyasining Falcon 9 eltuvchi raketasi kodli nomi Zuma bo‘lgan sun’iy yo‘ldosh bilan birga Kanaveral burnidan 7-yanvar, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan 20:00 (Toshkent vaqti bilan 8-yanvar 06:00) da start olgan edi. Sakkiz daqiqadan keyin eltuvchi raketaning birinchi qismi SpaceX kompaniyasining maxsus maydoniga eson-omon tushdi.
Izoh (0)