Turkiyada favqulodda holat tartibi yana kamida bir marotaba uzaytiriladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Bekir Bo‘zdog‘ ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Mamlakatda favqulodda holat tartibi yana uch oyga uzaytiriladi”, — dedi u prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on boshchiligidagi hukumat yig‘ilishidan so‘ng.
Hozirda mavjud tartibning amalda bo‘lishi 19-yanvarda yakunlanadi. U 2016-yil 15-iyuldagi davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng beshinchi bor uzaytirilgandi.
Izoh (0)