Sportchilarning dopingga bo‘lgan munosabatini jiddiy nazorat qiluvchi USADA MMA ustalariga bo‘lgan talab borasida anchagina qattiqqo‘l.
“Olamsport” UFC vakillari 2017-yil davomida necha marta doping-test topshirishga majbur bo‘lgani borasidagi xabarni joylashtirdi. Unda aytilishicha, Xabib Nurmagomedov hamda Toni Fergyuson 11 bor tekshiruvdan o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. Irlandiyalik Konor MakGregor esa nisbatan kamroq bezovta qilingan — 6 marta.
Erkaklardagi bu ko‘rsatkich ayol sportchilarniki oldida hech narsa bo‘lmay qoldi. Zero Xolli Xolm 12 oy davomida 15 marta doping nazoratidan o‘tishga majbur etilgan. Qirg‘izistonlik jangchi Valentina Shevchenko 12 marta test topshirdi. Biroq USADA Rondi Rouzini negadir biror marta ham bezovta qilmagan.
Izoh (0)