Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubini uch futbolchi tark etdi: Bobur Davlatov, Muhammad Kone, Olabiran Blessing Muyiva.
“Temiryo‘lchilar” matbuot xizmati jamoa muvaffaqiyatlariga hissa qo‘shgan mazkur uch futbolchiga o‘z minnatdorchiligini izhor qilgan. Klub rahbariyati esa yakuniga yetgan shartnomani uzaytirishdan ma’ni yo‘q deb hisoblagan.
Ivuarlik Muhammad Kone “Lokomotiv”ning 17 ta o‘yinida maydonga tushdi. U JCh saralash o‘yinlari vaqtida Burkina-Faso termasidan chiqaruv ham oldi va uchrashuvlarni zaxira o‘rindig‘ida kuzatdi. Himoyachi endilikda Toshkent klubi a’zosi hisoblanmaydi.
Nigeriyalik Olabiran Blessing Muyiva esa 5 tagina o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi. 19 yoshli hujumchi erkin agent sifatida o‘ziga yangi klub axtarishi mumkin. Shuningdek, Chempionlar Ligasining guruh bosqichida ishtirok etadigan klub sharafini faoliyatini yakunlagan Timur Kapadze ham kelasi mavsumdan boshlab himoya qilmaydi.
Avvalroq “Lokomotiv” o‘zining raqibi “Paxtakor”ga o‘tib ketgani aytilgan Ikrom Aliboyev bilan 2 yillik shartnoma imzolagandi.
Izoh (0)