Oq Uy ma’muriyati xodimlariga ish chog‘ida shaxsiy telefonlardan foydalanish man etildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Oq Uy texnologik tizimlari xavfsizligi va butunligi ma’muriyat uchun ustuvor maqsad hisoblanadi”, — deb bu yangilikka tushuntirish berdi Oq Uy matbuot kotibi Sara Sanders.
Uning so‘zlariga qaraganda, taqiq shu haftadan kuchga kiradi. U, jumladan, G‘arbiy qanot mehmonlari uchun ham amal qiladi.
Sanders xonim xodimlar shaxsiy masalalarni xizmat telefonlari orqali hal qilishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)