Rossiyaning Suriyadagi Xmeymim aviabazasining o‘qqa tutilishi oqibatida ikki nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda, Rossiya mudofaa vazirligi ma’lumotlariga asoslanib, “Meduza” xabar bermoqda.
Rossiyalik harbiylar foydalanadigan bazani jangarilarning mobil diversion guruhi minomyotlardan o‘qqa tutgani ta’kidlanmoqda.
Shu bilan birga, mudofaa vazirligi Xmeymimning o‘qqa tutilishi oqibatida yettita samolyotning yo‘q qilingani haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroqligini bildirdi.
Vazirlik o‘t ochilishi oqibatida samolyotlarga qandaydir zarar yetkazilgani haqida ma’lumot bermadi.
Izoh (0)