Hindiston g‘arbidagi Goa shtati hukumati yanvar oyida Mapusa shahridagi eski qamoqxonani ta’mirlaydi va uni viza tartibini buzgan xorijy mamlakatlar fuqarolarini ushlab turishga mo‘ljallangan markazga aylantiradi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Bunday markazni tuzishga xorijliklarning hududdagi kurortlarda Hindiston vizasida ko‘rsatilgan muddatdan ancha ko‘p qolib ketishi sabab bo‘lgan. Tartibbuzarlar markazda ularni vataniga deportatsiya qilish uchun zarur hujjatlar tayyorlanguniga qadar saqlab turiladi. Bunda har bir ushlab turilgan shaxs haqida uning mamlakati elchixonasiga xabar beriladi.
Izoh (0)