Aralash qoidalar jangchisi Xabib Nurmagomedov o‘zining navbatdagi jangini bugun — 31-dekabr kuni AQShning Las-Vegasida o‘tkazdi hamda faoliyatidagi 25-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
UFC—219 turniri doirasida rossiyalik sportchi braziliyalik Edson Barbozaga qarshi oktagonga chiqdi. Jangni muddatidan avval yakunlashning imkoni bo‘lmadi. Shunga qaramay, Xabib katta farq bilan raqibidan ustunlik qildi — 30:25, 30:25, 30:24.
Yaratganga beadad shukrlar bo‘lsin! Bugun karyeramdagi muhim kunlardan biri bo‘ldi. Hozirgi holatimda men istalgan raqib bilan jang qilishga tayyorman. U xoh Konor MakGregor bo‘lsin, xoh Toni Fergyuson, menga farqi yo‘q.Xabib Nurmagomedov, UFC jangchisi
Izoh (0)