Panama hukumati o‘zining Isroildagi elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirmoqchi emas. Bu haqda Panama Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Panama Tashqi ishlar vazirligi Isroil davlatidagi o‘z elchixonasini Tel-Aviv shahrida qoldirishini tasdiqlaydi”, — deyiladi idoraning Twitter’dagi sahifasida qoldirilgan xabarda.
Avvalroq matbuotda Panama hukumati, Gvatemaladan so‘ng, o‘zining Isroildagi elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirish masalasini o‘rganib chiqayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
24-dekabr kuni Gvatemala prezidenti Jimmi Morales mamlakatning Isroildagi elchixonasi Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirilishini e’lon qilgan edi. Bungacha AQSh prezidenti Donald Tramp Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olib, o‘z mamlakatining bosh diplomatik vakolatxonasini shu shaharga ko‘chirish haqida ko‘rsatma bergan edi.
Izoh (0)