• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Shahar egasi: Hindistonda qum qanday qilib qimmatbaho va xavfli resursga aylandi?

    2017-yilning noyabridan dekabriga qadar Hindistonning Sidxi munitsipalitetida korrupsiyada gumonlanib 50 ga yaqin politsiyachi ishdan bo‘shatildi. Mahalliy nashrlarning ma’lum qilishicha, ular qumni noqonuniy qazib olib, binolar va shaharlar qurilishiga sotadigan “qum mafiyasi”dan ulush olgan. Mazkur biznes yil sayin kuchaymoqda, biroq u tufayli mamlakatda shiddat bilan daryolar qurib, atmosfera ifloslanmoqda, deb yozadi TJournal.

    Uttar-Pradesh shtatida qurilayotgan bino. Foto: Adam Fergyuson

    Uttar-Pradesh shtatida qurilayotgan bino. Foto: Adam Fergyuson

    Muammo yechimi hozircha yo‘q — OAV ma’lumotiga ko‘ra, taqiqlangan soha politsiya va siyosatchilar bilan shunchalik mustahkam bog‘langanki, ular jinoyatga ko‘z yumib kelmoqda. Hatto bu jurnalistlar va faollarni kaltaklash yoki o‘ldirishga aloqador bo‘lsa ham.

    Resurs uchun kurash

    Deyarli 20 yil davomidagi noqonuniy qum o‘g‘rilashdan keyin Hindiston xalqiga vaziyat ravshan bo‘ldi — qum yoki ko‘l va daryolarning dastlabki shaklini saqlab qoladi yoki qurilish resursiga aylanadi. Boshqa yo‘l yo‘q. Yil sayin mutaxassislar qum qazib olish atrof-muhitni vayron qilish va kelajakda hayvonlarning qirilib ketishiga olib kelayotganligini ko‘rsatib bermoqda.

    Tabiatga yetkazilayotgan zararni ko‘pchilik anglab yetmoqda, biroq “qum mafiyasi”ga ochiqchasiga qarshi chiqishga ba’zilargina tayyor. Bu Hindistonda ko‘pincha zo‘ravonlik bilan tugaydigan eng xavfli mashg‘ulotlardan biridir.

    Noqonuniy qazib olishga qarshi kurashuvchi aktivist ayol Sumayra Abdulali bir necha marta kaltaklanib, o‘ldirish bilan qo‘rqitilgan. 2013-yilda Noida shahrida 52 yoshli Paleram Chauhan o‘z uyida otib tashlandi. O‘shanda fermerning rafiqasi, qizi, o‘g‘li va jiyani ham uyda bo‘lgan. U noqonuniy qum qazib olishga qarshi kurashish bo‘yicha o‘n yildan ortiq kampaniya olib bordi. Biroq oxirgi yillarda “qum mafiyasi” unga qarshi bo‘lganlarga tajovuzkor munosabatda bo‘la boshladi. Endi noqonuniy biznes bilan Chauhanning o‘g‘li kurashmoqda.

    Akash Chauhan o‘ldirilgan otasi xonasida. Foto: Adam Fergyuson

    Akash Chauhan o‘ldirilgan otasi xonasida. Foto: Adam Fergyuson

    Fojiali qismat ba’zi boshqa faollarning ham boshiga yetdi. Qum qazib olishga qarshi bo‘lgan 81 va 22 yoshli aktivistlar ham shular jumlasidan — ular bolta bilan chopib tashlangan. 2015-yilda noma’lum shaxslar “qum mafiyasi” ishi bo‘yicha surishtiruv olib borayotgan jurnalistni tiriklay yoqib yuboradi. Shu yilning o‘zida uch nafar politsiyachini yuk mashinasi urib ketdi — ular shaharlarni obod qilish mavzusiga qiziqqan.

    2016-yilda Hindistonning Savitri daryosi ustidan o‘tgan ko‘prik qulashi oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi. Faollar fojiani qurilish asosini zaiflashtirgan qum qazib olish bilan bog‘ladi. Biroq mahalliy ma’muriyat surishtiruv o‘tkazmadi.

    Rasman qum qazib olish bilan faqat litsenziya bilan shug‘ullanish mumkin, biroq rasmiylar noqonuniy qazib olishni deyarli hech qanday nazorat qilmaydi.

    “Qum mafiyasi” qanday paydo bo‘ldi?

    Kerala — Hindiston janubidagi plyajlari, palmalari bo‘lgan kichikroq shtat. Mahalliy aholi hududni mamlakatning eng suvli hududi deb ataydi, bunda Manimala daryosi muhim rol o‘ynaydi.

    Biroq 2017-yilda qachonlardir yirik daryo bo‘lgan suv havzasi qisman qurib qoldi. Uning ba’zi joylari kir yuvish mumkin bo‘lgan ko‘lmakni eslatadi. Daryoga nima bo‘lganligiga qiziqqan sayohlarga, mahalliy aholi “qum mafiyasi” deya aniqlik kiritadi. Hindistonda plyajlar, ko‘llar va boshqa joylardan noqonuniy qum qazib olishga aloqasi bo‘lgan barcha kishilar aynan shunday ataladi.

    Barchasi 2000-yillarda urbanizm talvasasidan boshlandi. Odamlar pul topish uchun shaharlarga ko‘chib o‘tib, barcha turar-joylarni egallay boshladi. Yangi uylarni tez qurish uchun ko‘p material talab etilar edi. Bu material qum bo‘ldi — u g‘isht yasash uchun sement bilan qorishtiriladi. Biroq resursni xorijdan xarid qilish juda qimmat bo‘lganligi uchun u butun mamlakat bo‘ylab qazib olina boshladi.

    Qachonlardir chuqur daryolar bo‘lgan joylar xarobazorga aylandi. Bolalar u yerlarda kriket o‘ynay boshladi.

    Dastlab sohilbo‘yi turar-joylari aholisi qumdan o‘z uylari uchun foydalangan, ba’zan sotgan. Dastlab qazib olish hajmi uncha katta bo‘lmagan — bir guruh  erkaklar yuk mashinasida chelaklar bilan kelib, suvga imkon boricha chuqurroq sho‘ng‘ib, qum kovlagan. Biroq shaharlar o‘sib borishi bilan odamlar unga ko‘proq intila boshladi va qurilish materiallari global ko‘lamlarda qazib olina boshladi.

    2013-yilda Hindiston rasmiylari besh yil davomida qurilish bo‘yicha jamoatchilik va xususiy loyihalarga milliard dollar ajratishga va’da berdi. Bu qumni noqonuniy qazib olishni kengaytirish uchun va qarama-qarshi tomonlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarga o‘ziga xos signal bo‘ldi.

    “Qum mafiyasi” mahalliy aholi yoki jurnalistlar uchun hodisaga ko‘lam berish maqsadida qo‘llanilayotgan dongdor laqab emas. Bu nom ostida uyushgan guruh: biznesmenlar, turli ishchilar, yetkazib beruvchilar, qazilmani nazorat qilish uchun qo‘riqlov xizmati, shuningdek, korrupsiyaga aloqador politsiyachi va siyosatchilar ko‘zda tutiladi. Har yili mamlakat qurilishlariga 800 million tonnagacha qum talab etiladi, 2013-yildan so‘ng qum yetkazib berishning 70 foizini mafiya nazorat qiladi.

    Nazoratga umid

    Yigirma yilga yaqin vaqt mobaynida qum qazib olish daryolarning qurib qolishi, ko‘p sonli mojarolar, zo‘ravonlik va qotilliklarga olib keldi. Shu bilan bir paytda bu soha minglab kishilarni ish bilan ta’minladi va Hindiston shaharlarining hozirgi ko‘rinishga kelishiga yordam berdi. Biroq qum zaxiralari cheksiz emas va rasmiylar buni anglab yetmoqda. Ular 2015-yilda noqonuniy qazib olish bilan kurashish bo‘yicha yirik kampaniyani boshlashga va’da bergan edi.

    O‘shandan buyon ko‘p narsa o‘zgarmadi. 2017-yilning bahorida The Times of India nashri har yili noqonuniy qazib olish bozori 2,3 millliard dollar daromad keltirishini ma’lum qildi. Ushbu soha umumiy 120 milliard dollarga baholandi.

    Shu yilning aprelida Nyu-Dehli shahri yaqinidagi Darbarper qishlog‘ida qum qazib olish bo‘yicha yashirin guruh bazasi portlab ketishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, o‘n kishi yaralandi. Mahalliy aholining ma’lum qilishicha, qurbonlar boshqa jinoiy to‘da bilan kurashish uchun bomba tayyorlagan va tasodifan portlash yuzaga kelgan. Rasmiylar bu mish-mishlarni rad etdi.

    The Indian Express nashri suhbatdoshi mafiyani qudratli siyosiy shaxslar nazorat qilgani uchun politiya unga qarshi kurashmayotganini ma’lum qildi.

    “Mafiya yetakchilari mamlakat rahbariyati bilan do‘stona munosabatda ekan, qanday qilib bunday vaziyatlar to‘xtashi mumkin?” — deydi hind fuqarosi.

    Hind ishchilari qum qazib olmoqda. Foto: Reuters

    Hind ishchilari qum qazib olmoqda. Foto: Reuters

    Har kuni mamlakat bo‘ylab har birida olti nafardan o‘n nafargacha odam bo‘lgan yuzlab qayiq suvga tushadi. Ularning barchasi ikki qo‘lida chelak tutib navbat bilan suv tubiga sho‘ng‘iydi, bo‘lajak qurilish materialini to‘plab, ortga qaytadi.

    43 yoshli Pralxad Mxatre 19 yildan buyon qum qazish bilan shug‘ullanadi va kuniga 200 martagacha suvga sho‘ng‘iydi. Buning uchun u 16 dollar oladi — bu katta pul emas, biroq u o‘g‘li va uch qizini boqishning boshqa yo‘lini bilmaydi.

    Mhatre uning farzandlari ulg‘ayganda pul topishning boshqa yo‘lini topishiga umid qiladi. “Endi ish boshlaganimda, 6 metr chuqurlikka tushardik, endi esa 12 metrga, maksimal chegara — 15 metr. Bu chuqurlikdan pastroqqa tushishga to‘g‘ri kelsa, biz ishimizni yo‘qotamiz”, — deydi Mxatre.

    29.12.2017, 22:43   Izoh (0)   14520
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    OAV: Suriyada IShID qo‘mondonlari AQSh vertolyotlari yordamida evakuatsiya qilindi

    29.12.2017, 22:07

    Qohiradagi koptlar cherkoviga hujum uyushtirildi. 9 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi jarohat oldi

    29.12.2017, 20:32

    Iroqda IShID jangarilari hukumat qo‘shinlari va kurdlarga qarshi hujumni boshladi

    29.12.2017, 19:02

    Yer yuzi aholisi 2018-yil 1-yanvarda 7,4 mlrd kishiga yetadi

    29.12.2017, 17:25

    Turkiyada yuz bergan avtobus ishtirokidagi YTHda 2 kishi halok bo‘ldi

    29.12.2017, 16:52

    Hindistondagi restoranda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

    29.12.2017, 15:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    UNICEF: G‘azoda har uchinchi odam kunlarni ochlik bilan o‘tkazadi, bolalar esa halok bo‘lish xavfi ostida

    Dunyo | 3 avgust, 12:09

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42

    Rossiya Pokrovskni qurshab olishga urinmoqda – Britaniya razvedkasi

    Dunyo | 3 avgust, 11:30

    Putin politsiyaga bank hisoblarini sud qarorisiz muzlatish vakolatini berdi

    Dunyo | 3 avgust, 10:55

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 10:35

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.