Malta xalqaro aeroportida biznes-klassga mansub Dassault Falcon 7X xususiy samolyoti turargohdan chiqib ketib, binoga urildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, havo kemasi turgan joyidan jilishiga kuchli shamol sabab bo‘ldi.
Samolyot kelib urilgan binoda qurilish kompaniyalardan birining ofislari joylashgan. Hodisa chog‘ida ularda odam bo‘lmagan.
Kompaniya vakiliga ko‘ra, binoga kuchli shikast yetmadi. Mazkur holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)