• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Islamofobiyadan ko‘zlangan g‘arazli maqsadlar

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy saytida “Islamofobiyadan ko‘zlangan g‘arazli maqsadlar” sarlavhali maqola e’lon qilindi. Uni to‘liq ko‘rinishda keltirib o‘tamiz.

    Foto: “Scandi.News”

    Foto: “Scandi.News”

    Ma’lumki, hozirgi zamon o‘zining dunyodagi turli xil siyosiy, g‘oyaviy qarama-qarshi kuchlar to‘qnashuvi jiddiy tus olgan davrligi bilan xarakterlanadi. Bu borada olib borilgan ilmiy tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi davrda o‘z mustaqilligiga erishgan yangi, yosh davlatlar ham, uzoq yillar davomida o‘z turmush tarzini belgilab olgan kuchli davlatlar ham ana shunday yovuz kuchlarning, mafkuralarning kutilmagan xurujlariga duch kelmoqda.

    Dunyo siyosiy manzarasida avj olib borayotgan global muammolar ichida dinlararo, millatlararo, madaniy-tamaddunlararo nizolar va to‘qnashuvlarni, informatsion-kiber terrorizm, noqonuniy qurol va narkotiklar savdosi, odam savdosi kabi turli xildagi tahdid va xavflarni sanab o‘tish mumkin.

    Jumladan, diniy aqidaparastlik xalqaro terrorizmning kengayishiga, g‘arb davlatlarida “islamofobiya” jarayonining keskin tus olib, ommaviy siyosiy darajada avj olishiga olib kelmoqda. Musulmonlarning muqaddas dini bo‘lmish islom dinini xalqaro terrorizm bilan bog‘lashga urinishlar, g‘arb matbuotida turli hajviy rasmlar chop etish orqali payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning sha’nini tahqirlashga qaratilgan xatti-harakatlar, millionlab odamlarning milliy g‘ururi va nafsoniyatiga tegadigan biryoqlama, asossiz baho va xulosalar kaltabinlarcha bayon qilinmoqda.

    “Islamofobiya” – islomdan va musulmonlardan qo‘rquv va ularga nafrat tuyg‘usi bilan qarash demakdir. Shu bilan birga islom dini “qoloq, musulmon madaniyatini esa qotib qolgan, hurfikrlikka moyil bo‘lmagan, patriarxal, ayollar faoliyatini cheklaydigan va boshqa madaniyatlarga tahdid soluvchi” kabi noo‘rin ayblovlarda namoyon bo‘lmoqda.

    Islom dinini agressivlikda, terrorchilikda ayblash jahon miqyosida islom nufuzining, islom mavqeining oshib borishidan talvasaga tushish, global iqtisodiy, siyosiy madaniy va demografik jarayonlarda gegemonligini tarixan yo‘qotayotgan postindustrial jamiyatlarning siyosiy kuchlari uchun xosdir.

    Malayziya xalqaro islom universiteti professori Louyey Safi fikriga ko‘ra, hozirgi kunlarda “islamofobiya”ning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:

    • Islomiy dunyoqarashni, urf-odatlarni buzib ko‘rsatish;
    • Islom dinining radikal diniy uyushmalar g‘oyalari bilan aloqasi borligini “tasdiqlash” uchun turli “tadqiqotlar” olib borish;
    • Islom dinini g‘arb jamiyatlari uchun go‘yo notinchlik manbai sifatida ko‘rsatish;
    • Musulmon olamiga nisbatan nohaqlik holatlarini oqlashga urinish.
    Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, islamofobiya G‘arb mamlakatlarida, musulmonlar soni keskin oshib borayotgani va islomni G‘arb sivilizatsiyasiga raqobat uyg‘otayotgani sababli saqlanib kelmoqda. Shu o‘rinda bu yerda istiqomat qiluvchi musulmonlar g‘arb urf-odatlarini o‘zlariga singdirish emas, balki islom qadriyatlarini atrofga yoyish hodisalari ortib bormoqda. Chunki, sotsiologlarning ta’kidlashicha, XXI asrda islom boshqa dinlarga qaraganda tezroq tarqalib taraqqiy etish imkoniyatiga ega. Bunga misol, bugungi kunda dunyo musulmonlarining soni qariib 1,8 mlrdga yetgan. Boshqacha aytganda musulmonlarning soni 2025-yilga borib dunyo aholisini 30% tashkil etadi.

    G‘arb olamida islomga dushmanligini ko‘z-ko‘z qilib, millatlar hamda dinlar o‘rtasida nizo olovini yoqishga uringan ba’zi fitnachilarning o‘zlari, dunyo aholisining nafratiga uchramoqdalar. Islomofoblarning harakatlari nafaqat dunyo musulmonlariga, balki G‘arbning yetakchi kompaniyalariga ham ziyon yetkazmoqda. Bunday shuhratparastlar qaysi davlatdan bo‘lsa butun dunyo musulmonlari tomonidan e’lon qilinayotgan boykotlar natijasida o‘sha davlat iqtisodiyoti zarar ko‘rmoqda.

    Shu o‘rinda islamofobiya muammolari ommaviy tus olib kelayotgan bir paytda, O‘zbekiston terrorizmga qarshi kurash islamofobiyaga aylanishiga va bu holat ochiq yoki pinhoniy holatlarda islom dunyosi bilan qarama-qarshilikka olib kelishiga qat’iyan qarshi chiqmoqda. Mazkur masalada O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimov: “Kimga qanday tuyulmasin, bugun dinimizning asl mohiyatini asrash, uning ma’no-mazmuni naqadar pok va ezgu ekanini, din biz uchun asrlar davomida o‘zligimizni, millatimiz, naslimizning eng yaxshi qadriyatlarini saqlab qolishda buyuk hayotbaxsh kuch bo‘lib kelayotganini takror va takror ta’kidlashimiz, bu haqiqatni odamlarning ongiga singdirishimiz darkor”, deb ta’kidlagan edi.

    So‘ngi yillarda turli mamlakatlarda islomga nisbatan bo‘layotgan tazyiqlar, islamofobiya tusini olgan holatlarning ko‘payishi bizni ham tashvishga solishi turgan gap. Shu bilan birga bu holat bizning tinchlik va barqarorlik yo‘lida erishgan ko‘p yillik yutuq va xatti-harakatlarimizni yo‘qqa chiqarib, ekstremizm va terrorizmni yanada kuchaytirib yuborishi ehtimoli mavjud.

    O‘zbekiston nafaqat o‘z xalqining tinchligi uchun, balki ona sayyoramizdagi million-million odamlarning hayotini saqlash uchun hushyorlikka chaqirganini dunyoning yetakchi siyosatchilari, davlat arboblari tan olmoqda va davlatimizning ana shunday murakkab vaziyatda, har qanday ikkilanishdan xoli bo‘lgan siyosatiga hurmat va ehtiromini bildirmoqda.

    M.Muhammadsaid

    Urganch tumani “Eshon bobo” masjidi imom-xatibi

    27.12.2017, 08:32   Izoh (0)   13426
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shahnoza G‘aniyeva O‘zbekistonda yil ayoli deb topildi

    27.12.2017, 08:30

    Toshkentda 25-dekabr kuni transport vositalarini hujjatsiz boshqarish bilan bog‘liq 100 dan ortiq holat qayd etildi

    26.12.2017, 23:20

    O‘zbekiston vazirligidan rossiyalik milliarderga tashakkurnoma, haqorati uchun Andijon shahri hokimiga 5 mln so‘m jarima, Moliya vazirligidagi bo‘shatishlar va kun...

    26.12.2017, 21:08

    “Eskicha qolipga solishga urinuvchilardan Alisherni asrash kerak”. AKT vazirligi rahbari O‘zbekiston hukumatidagi eng yosh vazir o‘rinbosarining yonini oldi

    26.12.2017, 20:54

    “Erimni ovsinim bilan tutib olganman”. “O‘zbekiston” telekanali xiyonatga uchragan ayollarning so‘zlarini efirga olib chiqdi (video)

    26.12.2017, 19:35

    “Hissiyotga berilib, boshqalarni obro‘sizlantirish — noo‘rin”. XPK vakili “bir kuni zoye ketgan” vazir o‘rinbosariga javob qaytardi

    26.12.2017, 19:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston tovarlari uchun Pokiston portida maxsus ombor tashkil etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 29 iyun, 09:00

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” “Benfika”ni yirik hisobda mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi (video)

    Sport | 29 iyun, 08:35

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.