Buyuk Britaniya shahzodasi Garrining qaylig‘i amerikalik aktrisa va fotomodel Megan Markl birinchi marta Rojdestvodagi an’anaviy qirollik ibodatida omma oldida ko‘rinish berdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi. Marosimda qirollik oilasining yetakchi a’zolari ishtirok etgan.
Muqaddas Mariya Margalina cherkovida bo‘lib o‘tgan ibodatga birinchi bo‘lib qirolicha Yelizaveta II yetib kelgan. Undan keyin oilaning boshqa a’zolari tashrif buyurgan.
Dekabr oyining o‘rtasida Garri va Meganning nikoh to‘yi 2018-yilning 17-mayida bo‘lib o‘tishi rasman e’lon qiligan edi. Marosim Vindzor qal’asi hududida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)