Amerikaning Texas shtatida politsiya olti yoshli bolani otib o‘ldirdi. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Politsiya treylerda qochishga uringan Amanda Jons ismli ayolni ta’qib qilgan. Sherifning ma’lum qilishicha, ayol treyler zinasiga chiqib, o‘t ochgan. Shundan so‘ng politsiya unga javoban o‘q uza boshlagan.
O‘qlardan biri furgon devoridan o‘tib, bolaga tekkan, u shifoxona yo‘lida halok bo‘lgan.
Shturmda qatnashgan politsiya xodimlari ishdan chetlatilgan, surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)