Shri-Lanka janubidagi kanalga 23-dekabr kuni avtobus qulashi oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, 44 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Suvga qulagan avtobus Sabaragamuva viloyatidan poytaxt Kolomboga ketayotgan edi. Xabar berishlaricha, barcha jabrlanuvchilar yaqin oradagi shifoxonalarga yetkazilgan.
Izoh (0)