Futbolchilar oldidagi qarzdorligi sabab G‘uzorning “Sho‘rtan” klubi PFL hisob raqamiga 5 million so‘m o‘tkazib beradi. Bunday qaror tashkilot reglamentining 5-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan.
Shu bilan birga, “Sho‘rtan” yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish huquqidan ham mahrum etilgan. Klub avval murabbiy va futbolchilar oldidagi qarzdorligini uzadi, shundan keyingina yangilarni ro‘yxatga olish huquqini qayta qo‘lga kiritadi.
PFL reglamentining 5,25 bandida nimalar ko‘rsatilganiga “Championat.asia” nashri oydinlik kiritdi. Unga ko‘ra, klubning o‘z xodimlari oldidagi qarzdorligi ko‘payib borgani sayin, unga nisbatan yangi choralar ko‘riladi va eng yakunda jamoa musobaqalardan chetlashtiriladi.
Bosqichma-bosqich jazolar bunda quyidagicha belgilab qo‘yilgan:
- Yangi futbolchilarni ro‘yxatga olishni taqiqlash;
- 5 million so‘mgacha jarima;
- 3 ochkodan mahrum qilish;
- Yana bir bor 3 ochko olib tashlash;
- PFL musobaqalaridan chetlatish.
Izoh (0)