Dortmundning “Borussiya” klubi Germaniya Kubogidagi yurishiga nimchorak finaldayoq yakun yasaldi. Boisi Peter Shtyoger jamoasi shu bosqichdayoq “Bavariya”ga duch kelib qolgandi.
Bellashuvda myunxenlik futbolchilar 2:1 hisobida zafar quchdi va chorak finalga yo‘l oldi. Avvalgi bosqichda Yupp Xaynkes jamoasi mamlakatning amaldagi vitse-chempioni “Leyptsig”ni taslim qilishga muvaffaq bo‘lgandi.
“Borussiya Dortmund” Peter Shtyoger tashrifidan keyin Bundesliganing ketma-ket ikki turida zafar quchib, ancha o‘ziga kelib olgandi. Endi jamoa asosiy e’tiborini chempionatning o‘ziga qaratishga majbur. Bundan tashqari “Borussiya Dortmund” Yevropa Ligasida ham yurishini davom ettirishi kerak.
Germaniya Kubogi 1/8 final o‘yini 20-dekabr, chorshanba
“Bavariya” — “Borussiya Dortmund” 2:1
Gollar: Jerom Boateng, 12 (1:0). Tomas Myuller, 40 (2:0). Andrey Yarmolenko, 77 (2:1).“Maynts” — “Shtutgart” 3:1“Padeborn-07” — “Ingolshtadt” 1:0“Nyurnberg” — “Volfsburg” 0:2“Shalke” — “Kyoln” 1:0“Verder” — “Frayburg” 3:2“Borussiya M” — “Bayer” 0:1“Xaydenxaym” — “Ayntraxt” 1:2
Izoh (0)