Fiat Chrysler konsernining Rossiyadagi bo‘linmasi va rasmiy vakili Jeep mamlakat bozoridan 10355 ta Jeep Grand Cherokee mashinasini qaytarib oladi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.
2011-yilning noyabr oyidan 2014-yilning sentabr oyigacha sotilgan 10355 ta avtomobil qaytarib olinadi. Bu avtomobillarda tormoz kuchaytirgichidagi suv qaytargich qismi noto‘g‘ri o‘rnatilgan.
Bu tormoz kuchaytirgichdan suvning chiqarib tashlash samaradorligini pasayishiga olib kelishi mumkin. Oqibatda korroziya yuz berib, tormoz kuchaytirgichining ichiga qayta suv kirishi mumkin.
Izoh (0)