Tergovchilar 2 yoshli bolakay tan jarohatlari olishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Belgorod viloyatidagi boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“18-dekabr kuni viloyat markazidagi ko‘p qavatli uy derazasidan 2 yoshlar atrofidagi bola tushib ketdi. Uyda bola bilan birga uning onasi bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.
Hodisaga baxtsiz tasodif sabab bo‘lgani bildirilmoqda.
O‘g‘il bola 9-qavat derazasidan tushib ketgani bildirilmoqda. Guvohlar tez yordam chaqirdi. Bola og‘ir holatda jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.
Izoh (0)