AQShning Atlanta shahridagi Xartsfild-Jekson xalqaro aeroportida elektr quvvati qayta tiklandi. Bu haqda shahar meri Kasim Ridning so‘zlariga asoslanib, “Vedomosti” nashri xabar bermoqda.
Aeroport Georgia Power yerosti inshootidagi yong‘in oqibatida salkam sakkiz soat elektr ta’minotisiz qoldi. Yong‘in tufayli aeroportdagi ikki podstansiya, shuningdek uning elektr ta’minoti zaxirasi zarar ko‘rdi.
Yong‘in sabablari hozircha noma’lum.
Izoh (0)