AQSh prezidenti Donald Trampning qizi va uning eri — Ivanka Tramp va Jared Kushner daromad deklaratsiyasini tuzganda moliyaviy aktivlari haqidagi ma’lumotni yashirganlikda ayblanmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Aytilishicha, advokat Jeffri Lovitki Vashington okrug sudiga shikoyat qilgan.
Shikoyat arizasida aytilishicha, Ivanka Tramp va Jared Kushner daromad deklaratsiyalarida o‘zlari bilan bog‘liq 30 ta investitsion fondning aktivlarini ko‘rsatmagan. Bunga sabab sifatida mazkur shartnomalar haqidagi axborotni e’lon qilish mumkin emasligi ko‘rsatilgan.
Oq Uy matbuot xizmati hozircha bu yangilikka hech qanday izoh bermadi.
Izoh (0)