Iordaniyaning eng nufuzli biznesmenlaridan biri, asli falastinlik milliarder Sabih al-Masriy Saudiya Arabistonida hibsda ushlab turilgan edi. Yaqinda u qo‘yib yuborilgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “RBK”.
Aytilishicha, u Saudiya poytaxti ar-Riyoddagi uyiga qaytib kelgan. Milliarderning qarindoshlari va yaqinlariga ko‘ra, u yaqin vaqt ichida mamlakatni tark etadi.
Al-Masriy Saudiya Arabistonida boshlangan korrupsiyaga qarshi kampaniya doirasida ushlangan edi. U 12-dekabr kuni korrupsiyada gumonlanib hibsga olindi. Ammo milliarderga nisbatan ayblovlar ilgari surilmadi, u tez orada qo‘yib yuborildi.
Al-Masriy Arab Bank banki raisi hisoblanadi. Bank shtab-kvartirasi Iordaniya poytaxti Ommanda joylashgan. Shuningdek, u Zara Investment Holding asoschisidir.
Izoh (0)