Rio—2016 Olimpiadasida O‘zbekiston boks terma jamoasi uchun bronza medali olib bergan Murod Ahmadaliyev faoliyatini professional ringlarda davom ettiradi. Shu maqsadda charm qo‘lqop ustasi boks markazi AQShga yo‘l oldi, deb aytib o‘tdi O‘zbekiston boks federatsiyasining matbuot xizmati.
Olimpiada sovrindori Shahram G‘iyosov faoliyatini professional boksda davom ettirishga qaror qildi (video)
AQShda uning birinchi ishi o‘ziga tushayotgan takliflarni o‘rganib chiqish bo‘ladi. Ahmadaliyev aynan qaysi promouterlik kompaniyalari bilan muzokara olib borishi borasida aniq ma’lumotlar yo‘q. Hammasi kelishuv amalga oshganidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.Murod Ahmadaliyev Rio—2016 Olimpiadasining -56 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida yarim finalga qadar yetib borgandi. Bu vazn toifasida chempionlik Kuba vakili Robeysi Ramiresga nasib qilgan bo‘lsa, amerikalik Shakur Stivensen kumush medalni qo‘lga kiritgan. Rossiyalik Vladimir Nikitin hamda o‘zbekistonlik Murod Ahmadaliyev bronza bilan cheklangan.
2017-yilgi Osiyo Chempionatiga Toshkent mezbonlik qilganida, Ahmadaliyev unda oltin medalga ega chiqqandi. Shu yili Gamburgda o‘tgan Jahon Chempionatida esa Murod yarim finalga ham yetib bora olmagandi.
Bunga qadar Rio—2016 Olimpiadasida sovrindor bo‘lganlardan Fazliddin G‘oibnazarov, Rustam To‘laganov va Shahram G‘iyosov ham faoliyatini professional boksda davom ettirishga qaror qilgandi.
Izoh (0)