O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi tomonidan o‘tkazilgan ikki davlat ishbilarmonlari uchrashuvidan so‘ng Ideal korxonasi Ukrainada 45 ta gipermarketga ega bo‘lgan “Episentr” savdo markaziga o‘z mahsulotlarini yetkazib berishni boshladi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.
Savdo markazi mintaqaviy direktori B. Artari-Kolumbga ko‘ra, korxonaning toza paxtadan tayyorlangan bolalar kurtkasi va kombinezonlari bozori chaqqon bo‘lmoqda.
“Shu sababli o‘zbekistonlik sheriklar bilan mahsulot turi va yetkazib berish hajmini kengaytirish masalalarini muhokama qilyapmiz. O‘zining sifati va qulay narxlari tufayli O‘zbekistondan keltiriladigan tekstil mahsulotlari Ukraina bozorida mustahkam o‘rin egallashiga ishonchim komil”, — dedi “Epitsentr” mintaqaviy direktori.
Izoh (0)