O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati o‘tgan haftada sodir bo‘lgan yong‘inlar haqida xabar berdi.
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida joylashgan “Sherali” MChJga tegishli avtomobillarni yuvish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida ustaxonaning 84 kv metr maydonda tomi, shift qismi va jihozlari hamda ustaxonadagi Lada Largus va Epica rusumli avtomobillar yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.
Buxoro shahrida yashovchi fuqaro M.S.ning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 75 kv metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasi M.S. va uning turmush o‘rtog‘i S.S larning tutundan dimiqqan holdagi jasadlari topilgan.
Andijon viloyati Shahrixon tumanida joylashgan “Andijon plast” MChJga tegishli ip ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lib, sexning 110 kv metr maydonda tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.
Namangan shahrida joylashgan “Sekund” MChJga tegishli tayyor mahsulotlarga bo‘yoq sepish sexining ishchilar xonasida elektr isitish moslamasining nosozligi natijasida yong‘in kelib chiqib, xonaning 15 kv metr maydonda shift qismi yonib zararlangan hamda fuqaro S.D. kuyish tan jarohati olib shifoxonaga joylashtirilgan.
Izoh (0)