Ukrainaning Kanadadagi elchisi Andrey Shevchenko Ottava o‘z kompaniyalariga Ukrainaga qurol yetkazishga ruxsat berganini tasdiqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“2014-yilgacha Ukrainaga qurol yetkazib berilishi haqidagi yangiliklardan xursand bo‘lishimni tasavvur qilmagandim. Endi bu qurol borligi faktining o‘zi Ukrainada tinchlikni yaqinlashtirishi mumkinligini bilaman”, — deya yozuv qoldirdi Shevchenko Twitter’dagi sahifasida.
Oldinroq Kanada hukumatining rasmiy jurnali hisoblanadigan Canada Gazette Ottava Ukrainaga qurol yetkazib berilishini ma’qullaganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)