Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rostov-Don shahrida O‘zbekiston bosh konsulligini ochish to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.
Mazkur muassasa konsullik okrugi doirasiga Rossiyaning Janubiy va Shimoli-Kavkaz federal okrugi subyektlari kiradi.
Rossiya hukumatiga ko‘ra, mamlakatda bunday muassasalar tarmog‘i kengayishi O‘zbekiston fuqarolari, jumladan, mehnat muhojirlariga konsullik xizmati ko‘rsatish sifati va tezkorligi oshishiga ko‘mak beradi. Shuningdek, Rossiya mintaqalari bilan hamkorlikka faollashishiga xizmat qiladi.
Izoh (0)