Suriyaga tashrif buyurgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashrifi doirasida suriyalik hamkasbi Bashar Asad bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Uchrashuv chog‘ida Rossiya prezidenti Eron va Turkiya bilan hamkorlikda Suriyada tinch-totuv hayotni yo‘lga qo‘yishga umid bildirdi. Shuningdek, u milliy muloqot kongressini tayyorlash zarurligini ta’kidladi.
“Eron va Turkiya bilan birga tinch hayot, siyosiy jarayonni yo‘lga qo‘ya olamiz degan umiddaman. Suriya xalqlari kongressini tayyorlash, tinch yo‘lga solish jarayonini boshlash muhim”, — dedi Putin.
Muqaddam u Rossiya qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqib ketishga topshiriq bergan edi.
Izoh (0)